Get Mystery Box with random crypto!

#live QIZILTEPALIK FERMER RA’NO VALIYEVAGA FAXRIY PROFESSOR UN | YOSHLAR ITTIFOQI NDKTU

#live
QIZILTEPALIK FERMER RA’NO VALIYEVAGA FAXRIY PROFESSOR UNVONI BERILDI

Navoiy davlat konchilik va texnologilar universitetida “Oq yoʼl sizga, aziz bitiruvchilar!” nomli tantanali tadbir davom etmoqda. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” АJ Bosh direktori, Oʼzbekiston Qahramoni Q.Sanaqulov bitiruvchilarni qutlar ekan, oʼz maʼruzasida “Ilm olish, kasb egallash, bu – ertangi kelajakni yaratish demakdir. Ushbu baxtiyor onlarda Siz yoshlarga mustahkam sogʼlik, kuchli iroda, uzoq va sermazmun umr hamda baxtli kelajak tilayman!”, deya taʼkidlab oʼtdi.

Tadbir doirasida qiziltepalik fermer Ra’no Valiyevaga faxriy professor unvoni berildi. R.Va’liyeva 1976-yildan buyon qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qilib keladi. U 1999-yilda O’rtacho’l hududida “Valiobod” fermer xo’jaligini tashkil etgan. 2017-yilda fermerga davlatimizning yuksak mukofoti — “El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan.

NDKTU YI • Matbuot xizmati
http://myurls.co/ndktu_yi