Get Mystery Box with random crypto!

NBR | BLOG

Telegram kanalining logotibi nbr_blog — NBR | BLOG N
Telegram kanalining logotibi nbr_blog — NBR | BLOG
Kanal manzili: @nbr_blog
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 71
Kanalning ta’rifi

🎯 Maqsadlar
🌋 G'oyalar
📚 Kitoblar
🌴 Travel time
⛳️ Motivatsiya
🔰 Rivojlanish
👌 Foydali bloglar
G’oyalar ko’p, maqsadlar yaqin, InshaAllah tez orada yetishamiz!
📩 Shikoyat va takliflar uchun : @sc_bahriddin_bot
🤖 Instagram.com/bahriddinofficial

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-01 10:38:18 Bilib oling

3 kunda 600 bet kitob oqish uchun, kuniga 200 bet kitob oqish kerak!

Bugun oylik tushadigan kun Qanaqa kitob olamiz maslahat...
34 viewsedited  07:38
Ochish/sharhlash
2022-05-28 19:33:05 Menimcha eng katta xursandchilik oila davrasida bo'lsa kerak...
38 views16:33
Ochish/sharhlash
2022-05-26 23:47:44 O'ZINGIZGA AYTISHNI TO'XTATING

"Men hech narsa qila olmayman"

Hech narsa sizni o'zingizga ishonmaslik kabi sekinlashtirmaydi. Siz hamma narsani qila olasiz, asosiysi buni chindan ham xohlash va o'zingizga mo'ljallangan yo'ldan erkin borish imkoniyatini berishdir!

O'zingizga va kuchli tomonlaringizga ishoning, yangi narsalarni o'rganing va uning ustida ishlang!

"Va u shunday deydi..."

Eshiting, siz uchun nima muhimroq: sizning sa'y-harakatlaringizni mensimaydigan boshqa odamning so'zlari yoki sizni nima undadi, bu hayotni his qilish imkonini beradimi?

Ha, balki u kishi siz uchun yaxshiroq hayot istaydi... Lekin siz uchun nima eng yaxshi ekanini faqat siz bilasiz, to'g'rimi?

"Men buni qilsam, hech narsa o'zgarmaydi"

Har bir qadamimiz, har bir harakatimiz nimanidir o'zgartiradi; ehtimol siz xohlaganchalik tez emas. Ammo, agar hamma narsa oson bo'lsa, bizning hayotimiz mazmunga to'ladimi?

Hamma narsa o'zgaradi: siz faqat harakat qilishingiz va vaqt berishingiz kerak.

Mehribon bo'ling va o'zingizga g'amxo'rlik qiling!
‌‌
37 views20:47
Ochish/sharhlash
2022-05-25 04:11:34 #Aksar ulamolar kripto savdosini xarom yoki nojoiz deyishlariga sabab, asosan, musulmonlarni moliyaviy himoyalash maqsadida, deb o'ylayman.

Agarda barcha ulamolar kripto savdosini halol deb fatvo berishganda, musulmonlar bu savdoga ommaviy tarzda yopirilishar va ko'pchilik katta pullarga tushgan bo'lar edi.

Sababi, ko'pchilik kripto treyderlar tavakkaliga, nari borsa texnik analizni o'zi bilan kifoyalanib savdo qilishadi.

Islom esa insonlarni hamisha aqlni, intellektni ishlatib pul topishga chaqiradi.

Kriptoga pul tikishda aqlni ishlatish qanday bo'ladi: avval uning bozorga beradigan taklifi (Whitepaper) o'rganiladi, taklif boshqa protokollar bilan solishtiriladi, uni yaratgan jamoa, ularni qo'llab turuvchi kompaniyalar ko'rib chiqiladi, shundan keyingina istiqbolli protokollarning coin/tokenlarini xarid qilib daromad topish mumkin.

Ammo hamma ham bunday chuqur analiz qila olmaydi va ko'tariladi deb o'ylagan kriptoga tavakkaliga pul kiritadi.

Shu sababdan aksar ulamolar kripto savdosini hozircha nojoiz deb aytishmoqda. Yuqorida aytganimdek, bu bizlarni moliyaviy himoyalash uchun.

Siz aqlingizni ishlatib Web3.0 da daromad ko'ra olasizmi!? Marhamat,
32 views01:11
Ochish/sharhlash
2022-05-25 00:24:52 25-May....

25-May men uchun unutilmas kun. Mana 21 yildan beri unutilmas bo‘lib kelmoqda. (21 yosh, o‘zimni huddi qaradik his qilyapman.)
21 Yosh. (25.05.2001. Vs 25.05.2022)

25-May tug‘ilgan kunim, unutilmas sanada tug‘ilganmanda . Ham 25-May butun maktabtablarda bitiruv kechasi. Aynan shu tug‘ilgan kunim bo‘lib emas, bitiruv bo‘lib xotiramda abadiy qoladi bu 25-May sanasi chunki men maktabni, sinfdoshlarimni, ustozlarimni hammasini judayam yaxshi ko‘rardim. (To‘g‘ri yoqmaydigan ustoz, yana yoqmaydigan nimadirlar bor edi lekin ulardanda yoqtirgan narsalarimni ko‘p edi maktabda.)

Fo‘rma kiyishni ko'pchilik yomon ko‘radi, Qora shim, Oq ko‘ylak desa ko'ngli ayniydi . Menda esa boshqacha bo'lgan yoshligimdan ko'p kitob o‘qiganim uchunmi yoki yoshi kattalar (ustozlar) vaqtida maktabni qadriga yet ertaga oltin bersang ham kirolmaysan maktabga, fo‘rmalarni ham kiyib ol, axir oq ko'ylak, qora shim kiyib yurish ham qanday baxt deyishar edi. Oyijonim ham o'zingdan o‘zing katta bo‘lib qolmagansan ustozlaringa gap qaytarma, maktabda chiroyli yur der edilar. Shu asnoda ulg'aydim. Maktabni qadriga, maktabdagi har bir kunni qadriga yetib yurdim. Hozir maktabni, sinfdoshlarimni shunaqangi Sog‘inganman . Sinfdoshlarim, ustozlarim bilan juda yaqin edik judayam har bir bayram alohida, ko‘taringki ruh bilan o‘tardi bizda, exx eslasam ko‘zlarimga yosh keladida .

Maktabni bitirish qandaydir og'ir bo‘lgan men uchun (kimlar uchun bu orzu bo‘lsa ham. ) Taqdir taqozosi bilan mana 2019-yil , 9-sinfni bitirib Sentyabrdan yana 10 sinfdan qaytib keldik maktabga , yana qadirdon xonam va sinfdoshlarim. (Afusus sinfdoshlarimni hammasi ham qaytmagan.)
Hullas shunaqa bo‘lib maktabni ikki marta bitirdik, maktabimdan ajralishim qiyin bo'lgan , hozirgacha sentyabr boshida va may oxirida ichimdan g‘alati hislar o‘tadida . Gapirsam exxe, gap judayam ko‘p.

Hammasi uchun rahmat Allohim . Unutilmas tug‘ilgan kun sanasi uchun, unutilmas maktab va sinfdoshlar uchun.

(Ha hozirgacha sinfdoshlar bilan yig‘ilib turamiz, qizlaru, ballar. Albatta turmushga chiqib ketganlari ham bor, hammasi sharoitiga qarab keladi.)


Ey vaqt to'xtab tur maktabda axir men unda do‘stlikni topdim,
Ey vaqt to'xtab tur maktabda axir hammasi maktabimda qopti....

Bu sanani na nishonlashni bilaman va na boshqa narsa......

https://t.me/Mc_Abdullokh/405

@yalqovman
23 views21:24
Ochish/sharhlash
2022-05-24 14:29:13
Odamlarning va hayvonlarning farqi hayvonlar rostan baxtyor bo'lganda kulishi mumkin..
Odamzot esa yolg'ondan ham har kuni kulishi mumkin..

@nbr_blog
20 views11:29
Ochish/sharhlash
2022-05-20 07:02:41 Uy bekalari uy ishlarini bajarib 1 kunda o'rtacha 11 km yurib qo'yishar ekan.

Uy bekalariga fitnes aniq kerak emas, agar kerak deyishayotgan bo'lsa ular uy ishlarini yaxshi qilishmayapdi.

@nbr_blog
24 views04:02
Ochish/sharhlash
2022-05-18 11:50:38 Menam yo'l yo'lakay o'tib kelayotib gazon deb o'ylabman. Mundo oldidan o'tsam bo'yab qo'yishibdi. Rivojlanish bor
27 views08:50
Ochish/sharhlash
2022-05-18 11:48:55
Bu rasmni ko`rib ko`pchilik gazon ekish o`rniga bo`yab chiqishyapti deb rosa bularni ustidan kulishdi Ilmsiz bo`la turib birovni ustidan kulish bu yaxshi ish emas. Sharmanda bo`lib qolasiz.

Googlega kirib"Гидропосев газона" deb qidiring va ma`lumot oling! Keyingi safar sharmanda bo`lib qolmang )

@abdusattor
25 views08:48
Ochish/sharhlash
2022-05-18 07:09:34 #layfhak

Kimnidir yashirincha rasmga tushirishdan oldin spichkani o'chirib qo'y, baraka topgur..

@nbr_blog
25 views04:09
Ochish/sharhlash