Get Mystery Box with random crypto!

To‘xtamay yasha, to‘xtagan kuning hamma narsangdan mahrum bo‘l | Nazarov Education

To‘xtamay yasha, to‘xtagan kuning hamma narsangdan mahrum bo‘lasan va erishishing mumkin bo‘lganlaridan ham quruq qolasan!

Daryo.uz nashri bitiruvchi yigit-qizlarimizga aytgan tavsiyalarimizni e’lon qilibdi. Unda aytgan ayrim tavsiyalarimni quyida ham keltirib oʻtmoqchiman.

O‘z ustingizda doim ishlashdan, harakat qilishdan va kitob o‘qishdan hech qachon to‘xtamang! Qaysi soha bo‘lmasin, uning o‘z ilmi va kitobi bor.

Quruvchi, dasturchi, shifokor, matematik, iqtisodchi, huquqshunos, pedagog, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassis, umuman, qaysi sohani tanlasangiz ham, shu sohaning eng zo‘r mutaxassisi bo‘ling. Buning uchun doim inson harakatda va izlanishda bo‘lishi kerak.

Eng muhimi esa, doim kitob o‘qish kerak. Xorijiy tillarni o‘rganish ortidan siz uchun butun dunyo eshiklari, kitoblari ochiladi. Eng yaxshi kitoblarni, manbalarni bemalol o‘qib, tushunib, sohangizning eng yaxshisi bo‘lasiz.

Bir qoidani doim yodingizda tutib, shunga amal qiling: «To‘xtamay yasha, to‘xtagan kuning hamma narsangdan mahrum bo‘lasan va erishishing mumkin bo‘lganlaridan ham quruq qolasan!»

@alisher_sadullaev