Get Mystery Box with random crypto!

* * * Kim labing tishlab ketibdir, ey sanam? Kim koʻribdir bo | Nazariy

* * *

Kim labing tishlab ketibdir, ey sanam?
Kim koʻribdir bogʻi lutfingdin karam?
Umrim ichra ne totibman eng laziz,
Eng shirin hosilni uzmish qay odam?
Obi hayvon chashmasi senga halol,
Chekmish Iskandar nechuk mehnat, alam.
Bu qizil may yoki inson qonidir,

Yo siyoh tomgan kishi chakmoni nam?
Jumlaga ulfatsan-u, mendan judo,
Na gunoh senda, dahr kori bu ham.
Koʻp turib qolmas yetilgan meva hech,
Xalq qoʻyar pishgan shirin sori qadam.
Ming shukr, bir bor qulab tushmish devol,
Qayta bu bogʻni birov koʻrmas shinam.

Gul u hafta ochmagandi ogʻzini,
Pardasin yel yirtdi bul kun subhidam.
Qilmam endi sharbatin ichmak havas
Bul idishdan sharbat ichmish oʻzga ham.
Sa’diy, oʻzga ishq eshigin qoq, bu bogʻ -
Ichra oʻtlabdir suruv qoʻylar bu dam.