Get Mystery Box with random crypto!

Navruz MFY yoshlari

Telegram kanalining logotibi navruz_mahalla_yoshlari — Navruz MFY yoshlari N
Telegram kanalining logotibi navruz_mahalla_yoshlari — Navruz MFY yoshlari
Kanal manzili: @navruz_mahalla_yoshlari
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 197

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-03-29 11:41:59
#Yangi_Konstitutsiya

Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 37-moddasi:
O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.

@TemurPoyonovv Instagram
39 viewsAdham O'ralov, 08:41
Ochish/sharhlash
2023-03-28 21:42:06


DIQQAT QADRLI SHAXMATSEVARLAR

Qadrli shaxmatsevarlar! 02.04.2023-yil Qarshi tumanidagi 71-sonli maktabda "1-son Kompleks qurilish korxonasi" rahbari, tadbirkor Zayni Salomov homiyligida va hamkorligida maktab o'quvchilari o'rtasida sovrin jamg'armasi 13 mln. bo'lgan “Temuriy izdoshlari” shaxmat turniri tashkil etilmoqda.

Musobaqa 3 yosh toifasidagi:
guruhi (2010 -2005-yil)
guruhi (2014-2011-yil)
guruhi (2015 va undan kichik) bolalar

Ro'yxatdan o'tish uchun e'lon @Yoshlar_karvoni kanalida ertaga 15:00 da taqdim etiladi. Ishtirokchilar soni 100 nafar.

Shoshiling. Ushbu 100 talikda Siz bo'lishingiz mumkin!

@Yoshlar_karvoni
Telegram | Instagram | Facebook
50 viewsAdham O'ralov, 18:42
Ochish/sharhlash
2023-03-28 10:19:35
“Yosh kitobxon” tanloviga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Millionlab yoshlarni birlashtirib, kitobxonlarni kashf etayotgan “Yosh kitobxon” uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Kitobxonlarning takliflari asosida adabiyotlar ro‘yxati 10-14 yosh toifasida 50 tadan 40 taga, 15-19 yosh toifasida 60 tadan 50 taga, 20-30 yosh toifasida 70 tadan 50 taga kamaytirildi va mazmunan qaytadan ko‘rib chiqildi. 10-14 yosh toifasida gazeta va jurnallar ro‘yxatdan olib tashlandi.

Barcha kitobxon yoshlarga omad tilaymiz! Ro‘yxatdan o‘ting: @yoshkitobxon_bot

@material_5tashabbus
239 viewsAdham O'ralov, 07:19
Ochish/sharhlash
2023-03-27 16:50:16
Tashabbuskor yosh xotin qizlar diqqatiga!

"Qizlar ovozi" klubi hududiy koordinatorligi va 5 ta yo’nalish uchun tanlov e'lon qiladi.

Siz Qashqadaryoda yosh xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yangi bosqichga koʻtarish, ularning manfaatini himoya qilish, qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va oila muqaddasligi gʻoyalarini keng targʻib qilishga qodirmisiz?

Unda Sizni o‘z safimizga chorlaymiz!

Tanlov:

- viloyat koordinatorligi va yo’nalishlar bo’yicha ish hujjatlarini ko’rish orqali offlayn shaklda 10-aprel kuni boʻlib oʻtadi.

Tanlovga korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tahsil olayotgan hamda vaqtincha ishsiz boʻlgan yoshi, millati va irqidan qatʼiy nazar 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yosh xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Arizalar joriy yilning 7-aprel sanasiga qadar @Qizlarovozi_qashqadaryo manzili orqali qabul qilinadi.

Kanalimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook
35 viewsAdham O'ralov, 13:50
Ochish/sharhlash
2023-03-24 12:47:02
Aziz yoshlar!!!
Mahalla yoshlari oʻrtasida
"Besh tashabbus olimpiadasi" va
"Besh tashabbus paralimpiadasi" yana start olmoqda!

Madaniyat, sanʼat, sport, AKT, kitobxonlik, kasb-hunar yoʻnalishlarida oʻzini sinab koʻrishni istagan barcha yoshlarni roʻyxatdan oʻtishga chorlaymiz!

Roʻyxatdan oʻtish uchun beshtashabbus.uz saytiga kiring. Maʼlumotlaringizni toʻgʻri va aniq kiriting.

Roʻyxatdan oʻtish 1-aprel kuni yakunlanadi.

Shoshiling fursat oz qoldi!

@material_2mavsum
40 viewsAdham O'ralov, 09:47
Ochish/sharhlash
2023-03-24 11:16:10
Assalamu alaykum hurmali mahallamiz yoshlari kimda kasb-xunarga o'qish istagi bo'lsa
Menga murojaat qilsin
91-470-16-17
99-580-17-33
44 viewsAdham O'ralov, edited  08:16
Ochish/sharhlash
2023-03-24 10:03:13


DIQQAT QADRLI SHAXMATSEVARLAR!

Havaskor va professional shaxmatchilar o'rtasida o'tkazilayotgan “Rokirovka” musobaqasining navbatdagi turi uchun ro'yxatga olish 24.03.2023-yil 12:00 dan 18:00 ga qadar Qashqadaryo yoshlari Rasmiy kanalida amalga oshiriladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun e'lon soat 12:00 da Qashqadaryo yoshlari Rasmiy kanalida taqdim etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook
41 viewsAdham O'ralov, 07:03
Ochish/sharhlash
2023-03-21 06:38:49
Қуёш нурин сочса беминнат,
Ёмғирлари айлагай ҳиммат.
Яратганнинг неъматларининг
Барчасига арзир бу миллат.
15 viewsAdham O'ralov, 03:38
Ochish/sharhlash
2023-03-20 13:19:00 “Ibrat farzandlari” orqali chet tillarini bepul o‘rganing!

Ingliz tilini “0”dan o‘rganish;
Rus tilini “0”dan o‘rganish;
Turk tilini “0”dan o‘rganish;
Nemis tilini “0”dan o‘rganish;
Koreys tilini “0”dan o‘rganish;
Xitoy tilini “0”dan o‘rganish;
Ispan tilini “0”dan o‘rganish;
Yapon tilini “0”dan o‘rganish;
Arab tilini “0”dan o‘rganish;
Hind tilini “0”dan o‘rganish;
Fransuz tilini “0”dan o‘rganish;
Italyan tilini “0”dan o‘rganish;
O‘zbek tilini “0”dan o‘rganish.

Xorijiy tillarni “Ibrat farzandlari” bilan oson, kreativ va mutlaqo bepul usulda o‘rganing!
36 viewsAdham O'ralov, 10:19
Ochish/sharhlash
2023-03-19 18:47:11
Ishonish qiyin qisqa fursatda “Ibrat farzandlari”da til o‘rganayotgan obunachilarimiz soni 200 mingdan oshdi, videolarimizning ko‘rishlar soni 6 millionga yaqinlashdi.

Ko‘pchilik bepul narsaning qadri bo‘lmaydi, degandi. Lekin biz chekka hududlardagi bilimga chanqoq yoshlarimizga professional o‘qituvchilardan bepul til oʻrganish imkonini yaratishni maqsad qildik va qisman bo‘lsada bunga erishdik.

Hali yana millionlab yoshlarga til o‘rgatmoqchimiz. Bu ularning hayotida yangi maqsad va marralarni qo‘yishga xizmat qiladi. Hoziroq farzandlaringiz bilan sifatli va mutlaqo bepul darslarimizni kuzatishni boshlang! Hammaga rahmat, do‘stlar!

https://youtube.com/@ibratfarzandlari

@alisher_sadullaev
48 viewsAdham O'ralov, 15:47
Ochish/sharhlash