Get Mystery Box with random crypto!

#AmirTemur687 Bugun 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallu | Navruz MFY yoshlari

#AmirTemur687

Bugun 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Buyuk davlat arbobi, o‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, bobokalonimiz Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va taʼlim mislsiz darajada yuksalgan.

«Kuch – adolatdadir» shiori sohibqiron davlati hududida axloqiy va maʼnaviy mezonga aylangan. Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan Samarqand kurrai zaminda eng go‘zal shahar sifatida chiroy ochgan. O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoning eng yaxshi me’morlari to‘plangan ushbu kentda jahon me’morchiligida yangi yo‘nalish – Sharqona uslub paydo bo‘lgan.

Amir Temur, shuningdek, mamlakatda ma’naviyatning qo‘llab-quvvatlanishi, yuksalishi va o‘tmish davrlarning oliy an’analari tiklanishi uchun shart-sharoit yaratgan. Temuriylar sulolasi vakillarining ma’naviyat va madaniyatga alohida e’tibori tufayli XIV-XVI asrlarda yuksak ilmiy va ijodiy yutuqlarga erishilgan.