Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyada yuk avtomobili haydovchiligi sohasida ishlash ista | Navruz MFY yoshlari

Germaniyada yuk avtomobili haydovchiligi sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Nomzodlar uchun talablar:

CE toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
nemis tili bo‘yicha kamida A2 darajasi (Gyote instituti yoki ECL sertifikati);
18-45 yosh;
Yevropa Ittifoqi haydovchilik guvohnomasini olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun qayta tayyorlash kurslarida o‘qish va 95-kodli sertifikatini olishga tayyorgarlik (davomiyligi 6-8 oy);
Germaniyada qayta tayyorlash kurslaridan so‘ng kamida 3 yil “Duvenbeck” shirkatida ishlash.

Quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

O‘zbekistonda hujjat ishlarida ko‘mak;
Germaniyaga borish xarajatlarini qoplash;
turar joy xarajatlarini qoplash (qayta tayyorlash davrida);
doimiy mehnat shartnomasi;
qayta tayyorlash vaqtidagi ish haqi (3 bosqichli amaliyot davridagi oylik 1060 yevro (Brutto);
qayta tayyorlashdan so‘ng 2580 yevro (Brutto) hamda 500 yevrogacha (Netto) soliqsiz qo‘shimcha haq;
har yili 27 kunlik taʼtil;
qayta tayyorlash kurslari tugagandan so‘ng turar joy xarajatlari nomzod hisobidan.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
Nemis tilidan sertifikat (A2-B1 daraja, pdf shaklda);
Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
Haydovchilik guvohnomasi (pdf shaklda)

Ro‘yxatdan o‘tish

Murojaat uchun: (71) 202 33 55 (ichki raqam 66).

Kanalga obuna bo'lish
https://t.me/guzor_yoshlar_ishlari_agentligi