Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga! Tas | NAVOIY MIGRATSIYA

Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning ish beruvchi tashkiloti tomonidan fuqarolar quyidagi sohalarda ishga taklif etiladi:

payvandchi;
muhandis-mexanik;
sanoat mexanigi;
mexatronika muhandisi;
ombor logistikasi;
metal texnologiyasi muhandisi.

Nomzodlar uchun imkoniyatlar:

Oylik maosh 2 420 yevrodan boshlanadi;
O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi;
arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘mak;
haftasiga 40 soat ish.

Nomzodlar uchun malaka va til majburiyatlari:

45 yoshgacha bo‘lishi;
Nemis tilidan Gyote yoki ECL dan olingan A2 sertifikat (A1 sertifikatiga ega fuqarolar ham ro’yxatdan o’tishlari mumkin va ular tanlab olinib, viza hujjatlari boshlangunga qadar til bilimini tasdiqlovchi A2 sertifikat taqdim etishlari lozim);
Sanoat mexanigi, mexatronika texnigi, metal texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis, maxsus ombor xodimi, qishloq xo‘jaligi va texnikasi mexanigi/mexatronika texnika kabi sohalarda kasbiy ta’limni tamomlagan va o‘rta maxsus taʼlim olgani haqida diplom;
Avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar xo‘jaligi mashinasozligi texnik yo‘nalishida bakalavr diplom.
Sohada kamida bir yillik tajriba.

Eslatma: Qishloq xo‘jaligi yoki qurilish texnikasi sanoati va sanoat logistikasi hamda gidravlika yoki elektron komponentlarni yig‘ish, forkliftlarni (stapler) haydash tajribasi tanlov jarayonida afzallikka ega.

Qo‘shimcha talablar:

Moslashuvchan;
Smenada ishlash;
Jamoada ishlash qobiliyati va mas’uliyati;
Texnik qobiliyat;
Sudlanmagan;
Jismonan sog‘lom.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
Kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi (pdf shaklda);
Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (pdf shaklda);
Sudlanmaganlik tog‘risida tasdiqnoma (pdf shaklda);
Tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).

Ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +998 71-202-33-55 (ichki raqam 66).

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt