Get Mystery Box with random crypto!

Fuqarolar Yaponiyaga qurilish ishlariga taklif etiladi! Tashq | NAVOIY MIGRATSIYA

Fuqarolar Yaponiyaga qurilish ishlariga taklif etiladi!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Yaponiyaning qurilish kompaniyasi oʼrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan texnik stajyorlik dasturi asosida qurilish ishlariga nomzodlar ishga taklif etiladi.

Nomzodlarga qoʼyilgan talablar:

Yapon tilini bilish darajasi: N5-N4;
18 yoshdan 30 yoshgacha;
Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
3 yildan 5 yilgacha ishlash.

Oylik maosh: 235 ming yena (soliq va boshqa ushlanmalar chegirilmagan holatda).
Bir oy tayyorlov-moslashtirish davrida oylik maosh 145 ming yena.

Ish vaqti: haftasiga 40 soat (qoʼshimcha ish soati uchun alohida toʼlanadi).

Toshkentdan Yaponiyagacha va yotoq joyidan ish joyigacha bo’lgan xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Ish beruvchi nomzodlarni og’zaki suhbat asosida tanlab oladi.

1-suhbat: 22-may kuni Agentlikning hududiy filiallarida onlayn tarzda o'tkaziladi.

2-suhbat: birinchi suhbatdan o’tganlar Toshkent shahriga kelib, og’zaki suhbatdan o’tadi (suhbat sanasi haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi).

Roʼyxatdan oʼtish (17-may soat 12:00 gacha).

Izoh: quyidagi soʼralgan maʼlumotlarni toʼliq va belgilangan tartibda taqdim etmagan fuqarolar tanlovlarda ishtirok etolmaydi. Tanlovlarga yapon tili bo’yicha ta’lim olganlar chaqirtirilishini eslatib o’tamiz.

Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 84) yoki 1282 qisqa raqami.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt