Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarol | NAVOIY MIGRATSIYA

Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning
"ConsultingUz" tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida tibbiyot xodimlari Germaniyaga ishga taklif etiladi.

Nomzodlar uchun talablar:
1. Yosh chegarasi - 40 yosh;
2. Nemis tili sertifikati (Gyote instituti yoki ECLdan B1, B2 daraja):
a) Tibbiyot hamshiralari klinikasida ishlash uchun - B2 daraja;
b) tibbiyot hamshiralari qariyalar uyida ishlash uchun - B1 daraja;
3. Hamshiralik yo‘nalishida o‘rta-maxsus taʼlim (faqat davolash va hamshiralik sohasini tibbiyot kolleji yoki texnikumda tamomlagan) olganini tasdiqlovchi 3 yillik diplom;
4. Jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lishi;
5. Sudlanmagan bo‘lishi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pdf shaklda);
Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (agar bor bo‘lsa, pdf shaklda);
Tarjimai hol (nemis, rus, ingliz yoki o‘zbek tilida);
o‘rta-maxsus taʼlim yakunlangani to‘g‘risida diplom (pdf shaklda).

Ro‘yxatdan o‘tish

Izoh
Haftasiga 40 soatlik ish vaqti;
Mehnat sharoitlari germaniyalik hamshiralar bilan bir xil (oylik 2350 € dan 3000 € gacha, nafaqa, sug‘urta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash;
Ishchi viza olishda ko‘mak;
Ish beruvchi tomonidan yashash joyi topishga ko‘mak;
Nemis tilini bilmaydigan nomzodlar Namangan, Farg‘ona, Buxoro va Navoiy viloyatlarida tashkil qilingan kurslarda nemis tilidan B1/B2 daraja olishlariga ko‘maklashiladi.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +998 71-202-33-55 (ichki raqamlar 84, 33)

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt