Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga | NAVOIY MIGRATSIYA

Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Buyuk Britaniyada tajribali qassoblarga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda ushbu davlat ish beruvchilariga taqdim etish uchun nomzodlar bazasi shakllantirilmoqda.

Ish turi: qassobchilik (muzlatilgan hayvon go‘shtini bo‘laklarga ajratish).

Ish haqi: yiliga 25 600 funt sterling (brutto).

Ish muddati: 1 yildan 5 yilgacha.

Nomzodlarga talablar:

ingliz tilini bilish (IELTS 5);
rezyume va fotosurat (3x4);
xorijga chiqish pasport nusxasi;
ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat;
tibbiy maʼlumotnoma;
sudlanmaganlik.

Nomzodlar o‘z mahoratini videoda va tanlov jarayonida namoyish etishi kerak.

Ish jarayoni bilan tanishish
Anketa namunasi
Vakansiya yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot

Izoh: nomzod viza va ruxsatnoma hujjatlarini tayyorlaydi, tayyorlov treninglarida ishtirok etadi, maktab, litsey, kasb-hunar kollejini tugatganini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplom, pasport va boshqa hujjatlarni tarjima qiladi, notarial tasdiqlatadi, apostil qildiradi, aviachipta va sug‘urta xarajatlarini amalga oshiradi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Murojaat uchun: 71 202-33-55

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt