Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyada kasbiy taʼlimni (ausbildung - o‘qish va ishlash) a | NAVOIY MIGRATSIYA

Germaniyada kasbiy taʼlimni (ausbildung - o‘qish va ishlash) amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda "Duvenbeck Kraftverkehr GmbH" tashkiloti tomonidan yuk avtomobili haydovchisi (“CE”) yo‘nalishida 2023-yilda boshlanadigan kasbiy taʼlimga fuqarolar taklif etiladi.

Oylik stipendiya 890 yevrodan boshlanadi va kasbiy taʼlim davomida yashash joyi bilan taʼminlanadi;
“Ausbildung”dan so‘ng uch yillik mehnat shartnomasi;
O‘zbekistondan Germaniyaga borish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi;
Keyinchalik oilaviy ko‘chib borish uchun ko‘maklashiladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan minimal talablar:
18-35 yoshgacha bo‘lishi;
Nemis tilida muloqot qila olish (Gyote va ECLdan olingan B1 sertifikat);
O‘rta maxsus taʼlim olgani haqida hujjat.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (B1 daraja, pdf shaklda);
Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).

Ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha maʼlumot uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Muhim: Nemis tilidan A2 daraja sertifikati bor fuqarolar ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin, lekin ular ham keyinchalik B1 sertifikati taqdim qilishlari lozim bo‘ladi.

79-224-11-60