Get Mystery Box with random crypto!

Fuqarolar Yaponiyada maxsus malakali ishchi dasturi asosida qa | NAVOIY MIGRATSIYA

Fuqarolar Yaponiyada maxsus malakali ishchi dasturi asosida qariyalarni parvarishlash ishlariga taklif etiladi.

Nomzodlarga qoʼyilgan talablar:

Yapon tilini "JLPT N4" yoki "JFT-BASIC A2" darajada bilishi va sertifikat;
Parvarishlash koʼnikmalarini baholash testi(介護技能評価試験)sertifikati;
Parvarishlash sohasi boʼyicha yapon tilini baholash testi(介護日本語評価試験)sertifikati;
40 yoshgacha;
Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
Sudlanmagan;
Xorijga chiqish uchun taqiq boʼlmasligi;
Jismonan sogʼlom;
Qariyalar va bemorlarga gʼamxoʼrlik qilish qobiliyatiga ega boʼlishi.

Til bilish sertifikatga ega boʼlmagan nomzodlar Toshkent shahri Olmazor tumanida tashkil etiladigan yapon tili hamda maxsus malakani baholash testiga tayyorlov kurslarida 6-8 oy davomida oʼqib, sertifikat olishi mumkin.

Oylik maosh – 242.500 yena (oyda 4 marta kechki smena haqi qoʼshilgan. Bir kechki smena 10.000 yena).

Fuqarolar suhbat asosida tanlab olinadi.

Yaponiyada aeroportdan ish joyigacha transfer, hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash ishlari ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Haftasiga 40 soat ish (qoʼshimcha ish soatlari uchun alohida oshirilgan miqdorda haq toʼlanadi).

Ro'yxatdan o'tish (maʼlumotlar lotin alifbosida kiritilishi zarur).

Rezyumeni yuklab olish (rezyumeni yuklab olib to'ldirgandan so'ng, ro'yxatdan o'tish vaqtida qayta yuklang).

Izoh: soʼralgan maʼlumotlarni toʼliq va belgilangan tartibda taqdim etmagan fuqarolar tanlovda ishtirok etolmasligini maʼlum qilamiz.

Batafsil maʼlumot olish @AOIKAI_UZ, @aoikai_tashkent

Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 84) yoki 1282 qisqa raqami.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt