Get Mystery Box with random crypto!

Qaynona kim..? • Qaynona - bu o‘sha sizning sevgan yoringizni | .

Qaynona kim..?

• Qaynona - bu o‘sha sizning sevgan yoringizni dunyoga keltirgan ayol.
• Qaynona - bu yillab to‘y qilaman, kelin tushiraman, deb o‘zini va farzandlarini rizqini qiyib pul to‘plagan, sarpo yiqqan ayol.
• Qaynona - sizni kelin qilib tushirguncha xayolida mingta qizni jamlab, mingtani ichidan sizni farzandiga loyiq ko‘rgan ayol.
• Qaynona - eringiz uchun jonini berishga tayyor bo‘lgan ayol.
• Qaynona - sizni qancha koyisa ham, farzandlaringizni sizdan-da ortiqroq yaxshi ko‘radigan ayol.
• Qaynona - sal qo‘polroq bo‘lsa-da, hayot fanidan dars berayotgan, ertaga eng namunali ayol, ona   bo‘lishingizni chin dildan xohlayotgan ayol.

Endi o‘ylang. Shuncha yaxshilik qilgan va qilayotgan ayolni yomon ko‘rishga haqqimiz bormi?


@Navoiy