Get Mystery Box with random crypto!

#yangilanayotgan_konstitutsiya Yangilanayotgan konstitusiya f | Navoiy Ekologik partiyasi

#yangilanayotgan_konstitutsiya

Yangilanayotgan konstitusiya fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanadi.

Bugun Karmana tumanidagi Дўрмон МФЙ “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid tadbir tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbirida Xalq deputatlari Navoiy viloyat kengashi deputati, O’zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi raisi A. Jalilov, Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati G. Shermatova, mahalla mas'ullari va faol yoshlar ishtirok etdi.

Viloyat Kengashi deputati A.Jalilov:

Xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqining huquqiy asosini tashkil etuvchi Yangilanayotgan konstitusiya yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro ularning bugungi hayoti, ertangi kelajagini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

O’zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati

Kanalimizga obuna bo’ling
Telegram I Facebook