Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Mirziyoyev Ramazon munosabati bilan nogironligi bo‘lga | NAVOIYDA BUGUN | НАВОИЙДА БУГУН | Расмий канал

Shavkat Mirziyoyev Ramazon munosabati bilan nogironligi bo‘lgan bolalarga 62 milliard so‘m ajratilishini aytdi

Shavkat Mirziyoyev bu Ramazon oyida ehtiyojmand insonlar, ayniqsa farzandlar holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, eshitishda nuqsoni bor 500 nafar bolaga bepul koxlear apparati va boshqa implantlar qo‘yish uchun 62 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Yana 2 ming nafar bola eshitish moslamasi bilan ta’minlanadi.

«Saxovat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik keng namoyon bo‘ladigan muqaddas Ramazon oyi yaqinlashmoqda», deyiladi xabarda.

Paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan xorazmlik 10 nafar yoshlarga 7 turdagi zamonaviy sport protez va reabilitatsiya vositalari olib beriladi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Навоийликларга қўшилинг
➥@NAVOIYDA_BUGUN