Get Mystery Box with random crypto!

Navoiyda #Zarafshon qirg‘ovuli ovlandi Navoiy viloyatining Na | NAVOIYLIKLAR

Navoiyda #Zarafshon qirg‘ovuli ovlandi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida fuqaro tomonidan Zarafshon qirg‘ovuli ovlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ovlangan 1 dona Zarafshon qirg‘ovuli O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
“Mazkur holat yuzasidan fuqaro tabiatga 3 million so‘m miqdorda zarar keltirgan. Ma’muriy chora ko‘rish maqsadida tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborish uchun hujjatlar to‘planmoqda”, deyiladi boshqarma xabarida.

Навоийликлар кушилинг
https://t.me/+Vfol8PK19j0yOGNi