Get Mystery Box with random crypto!

'IBRATLI QAYNONA VA KELIN' KO‘RIK-TANLOVINING G‘OLIBLARI ANIQL | Навоий ФУУБОХМО укув курси

"IBRATLI QAYNONA VA KELIN" KO‘RIK-TANLOVINING G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilalarda ibratli va namunali qaynona-kelinlar safini kengaytirish, ularning ibratli hayot tarzini targʻib etish va ragʻbatlantirish maqsadida  “ENG IBRATLI QAYNONA-KELIN” tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Tadbirda tuman (shahar) bosqichlarida 1-oʻrinni egallagan ibratli qaynona-kelinlar 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra 1-oʻrinni Konimex tumani "Yuksalish" MFY Keneges qishlogʻida yashovchi X.Nasharova hamda V.Urazova egalladi. Kasbi o‘qituvchi bo‘lgan Xadisha-aya Nasharova kelinlari bilan 20 yil birgalikda ahil boʻlib yashab kelmoqda.  Oila vakillari bo‘sh vaqtlarida dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanib, qoʻshimcha daromadga ega bo‘lmoqdalar.

Shuningdek, ko‘rik-tanlov doirasida “Eng ahil qaynona-kelin”, “Eng ijodkor qaynona-kelin”, “Eng pazanda qaynona-kelin”, “Milliy qadriyatlarni oʻzida aks ettirgan qaynona-kelin”, “Eng tadbirkor qaynona-kelin” kabi 10 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarga viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasining diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.