Get Mystery Box with random crypto!

#Ibratli_qaynona_va_kelin KARMANADA IBRATLI QAYNONA VA KELINL | Навоий ФУУБОХМО укув курси

#Ibratli_qaynona_va_kelin

KARMANADA IBRATLI QAYNONA VA KELINLAR ANIQLANDI

Mahallalarda uzoq yillardan buyon tinch-totuv yashab kelayotgan, oʻzining ibratli hayoti, turmush tarzi, bola tarbiyasidagi yutuqlari, qoʻni-qoʻshnilari bilan ahil yashab kelayotgan qaynona va kelinlarni aniqlash maqsadida oʻtkazib kelinayotgan “Ibratli qaynona va kelin” koʻrik-tanlovi qizgʻinlik bilan davom etmoqda.

Karmana tumanida oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra “Qahramon” MFY istiqomat qiladigan qaynona-kelin G.Quvondiqova hamda N.Sultonova gʻoliblikni qoʻlga kiritib, viloyat bosqichida tuman sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Navoiy viloyati оila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati