Get Mystery Box with random crypto!

#tabriklar_sahifasi Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasab | Навоий ФУУБОХМО укув курси

#tabriklar_sahifasi

Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Navoiy viloyati boʻyicha masʼul tashkilotchisi, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, “Deputat ayollar klubi” aʼzosi hamda viloyat “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Bobomurodova Anora Yavqochtiyevnani tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz!

Ayollarning jamiyat hayotidagi oʻrni va nufuzini oshirish, opa-singillarimizning qobiliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda oila institutini mustahkamlash kabi mashaqqatli va shu bilan birga masʼuliyatli kasbingizda yuksak zafarlar, el-yurt ravnaqi yoʻlida olib borayotgan faoliyatingizga rivoj, mustahkam sogʻlik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat bilan Navoiy viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi jamoasi.