Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT! Shartnoma asosida malakali pedagog va mutaxassislar | Навоий ФУУБОХМО укув курси

DIQQAT!

Shartnoma asosida malakali pedagog va mutaxassislar ishga taklif etiladi.

Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Xalq taʼlimi tizimida xalqaro baholash tadqiqotlariga o‘quvchi va o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan “STesting-2” loyihasida PISA, PIRLS, TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida shunga mos topshiriqlar tuzish va video mahsulotlarni yaratish bo‘yicha yuqori malakali taʼlim xodimlari va mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

loyiha koordinatori;
PISA bo‘yicha topshiriq tuzuvchilar;
PIRLS bo‘yicha topshiriq tuzuvchilar;
TIMSS bo‘yicha topshiriq tuzuvchilar;
Ekspert;
Metodist;
Muharrir (o‘zbek tili bo‘yicha);
Muharrir (rus tili bo‘yicha);
Muharrir (qoraqalpoq tili bo‘yicha);
Muharrir (ingliz tili bo‘yicha);
Tarjimon (rus tili);
Tarjimon (qoraqalpoq tili);
Tarjimon (ingliz tili);
Dizayner;
operator, montajchi;
elektron portalni takomillashtirish bo‘yicha IT mutaxassislar (IT bo‘yicha koordinator, texnik topshiriq yozuvchi, bask-end razrabotchik, front-end razrabotchik, devops, UI/UX dizayner, tizimni testlovchi)

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Oliy maʼlumot, taʼlim sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish;
Xorijiy tilda (ingliz tili) erkin muloqot qilish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

Muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

VAZIFALAR:

xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida shunga mos topshiriqlar tuzish;
Elektron dasturiy vositani takomillashtirish;
Video mahsulotlar yaratish.

Ishlash istagidagilar maʼlumotnoma (telefon raqami ko‘rsatilgan holda), Rezyume (СV), pasport nusxasini 2022 YIL 7 iyul sanasiga QADAR avloniy.loyiha@mail.ru (yoki quyidagi telegram orqali @avloniyloyiha) manziliga yuborishlari so‘raladi.

Rezyume namunasi

https://avloniy.uz/uz/press-center/elonlar/99

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy.

Institutning rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram |Facebook |Website|YouTube