Get Mystery Box with random crypto!

Mashinalarini qanday sotishni bilmagan UzAM davlat tashkilotla | Navoiy kanal

Mashinalarini qanday sotishni bilmagan UzAM davlat tashkilotlariga Oniksni majburlab o‘tkazishga urinmoqda.

O‘zavtosanoat xatiga ko‘ra, davlat idoralariga mashina 24 oyga foizsiz bo‘lab to‘lashga taklif qilinmoqda.

Bozor qiymatiga hisoblasak, bir yillik omonat foizlari o‘rtacha 25 foizni tashkil qiladi. Ya’ni siz shunchaki pulingizni omonatga qo‘ysangiz u 25 foizdan 27 foizgacha "tug‘adi". Ikki yilda 50 foiz. Agar Oniksning eng qimmat modeli 215,6 mln so‘m bo‘lsa, bunda 107,8 mln so‘m to‘lab, xuddi shu summani 2 yil foizsiz bo‘lib to‘lashingiz mumkin. 107 mln so‘mni 25 foizli shartda omonatga qo‘ysangiz u ikki yilda sizga salkam 54 mln so‘m foyda keltiradi. Qiyosan olsak, UzAM shundoq ham 15 mln chegirma bilan sotayotgan mashinasini 54 mln ziyoniga bo‘lsada sotishga ham tayyor.

Undan ko‘ra, o‘sha 54 mln so‘mni shundoq chegirma sifatida e’lon qilib, oddiy xalqqa sotib yuborsa bo‘lmasmikan? Xalq uchun bunday katta chegirma qilib, reputatsiyasini yo‘qotishdan qo‘rqisharmikan yoki?

@Navoiy