Get Mystery Box with random crypto!

Bir iftorlik qilaylik Do‘stim Hech ko‘chaga chiqay demaysan, | Navoiy kanal

Bir iftorlik qilaylik Do‘stim

Hech ko‘chaga chiqay demaysan,
Oqibatli bo‘laylik do‘stim.
Bor rasxoti mayli o‘zimdan,
Bir iftorlik qilaylik do‘stim.

Bu o‘tkinchi dunyo o‘tadi,
Davru davron suraylik do‘stim.
Shukur qilib yetkazganiga,
Bir iftorlik qilaylik do‘stim.

Tashvishlar ko‘p hammamizda ham, Diydorlashib turaylik do‘stim. Baxonalar qilmagin bugun,
Bir iftorlik qilaylik do‘stim.

Qodir Qaxxor

@Navoiy