Get Mystery Box with random crypto!

Finlandiyalik va rossiyalik o‘qituvchilar Zarafshon shahriga y | Navoiy kanal

Finlandiyalik va rossiyalik o‘qituvchilar Zarafshon shahriga yetib kelishdi

Avvalroq, Finlandiya Respublikasining Lappeyenranta shahriga borib o‘qishi ko‘zda tutilgan o‘quvchilarga fin tilini o‘rgatish uchun ushbu davlatdan mutaxassis jalb etilishi haqida xabar bergandik.

Zarafshon shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, finlandiyalik o‘qituvchi Elisa Miljaana Lahdenpera va Rossiya Federasiyasi o‘qituvchisi Olga Shirokova Zarafshon shahriga yetib kelgan.

Kecha shahar hokimi Anvar Rajabov chet ellik o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvda ularga milliy to‘n va do‘ppi kiydirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Navoiy viloyatidan 2 nafar o‘quvchi grant, 8 nafar o‘quvchi esa qisman grant asosida 3 yil davomida Lappeyenranta shahrida ta’lim olishi ko‘zda tutilgan.

@NAVOIY Kanali