Get Mystery Box with random crypto!

Gʻozgʻon shahrida ishlovchi xodimlarning ish haqiga tuman koef | Navoiy kanal

Gʻozgʻon shahrida ishlovchi xodimlarning ish haqiga tuman koeffitsiyenti boʻyicha ustama toʻlanmayotgani maʼlum boʻldi

Navoiy viloyati Gʻozgʻon shahrida ishlovchi xodimlarning ish haqiga tuman koeffitsiyenti qoʻshib hisoblanmayotgani maʼlum boʻldi. Bu haqda hududda yashovchi fuqarolar viloyat maʼmuriy sudi hamda Adliya boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan sayyor qabulda murojaat qilishgan.

Batafsil oʻqing

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 743-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, Tuman koeffitsiyentlari, shuningdek, yillik qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddati qoʻllanadigan tabiiy-iqlim sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylar roʻyxati tasdiqlangan.

Mazkur roʻyxatga Navoiy viloyatining barcha tuman va shaharlari (Gʻozgʻondan tashqari) kiritilgan.

@NAVOIY Kanali