Get Mystery Box with random crypto!

“Cobalt” traktor tirkamasiga borib urilishi oqibatida haydovch | Navoiy kanal

“Cobalt” traktor tirkamasiga borib urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Qiziltepa tumani hududida oʻlim bilan bogʻliq avtohalokat sodir boʻldi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YXHB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, haydovchi “Cobalt” mashinasini Buxoro-Navoiy yoʻnalishida boshqarib kelayotib, A-379 avtomobil yoʻlining 91 kilometrida yoʻlda obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan ishchilar traktorining tirkamasiga borib urilgan.

Oqibatda asli buxorolik boʻlgan, 1954-yilda tugʻilgan haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

@NAVOIY Kanali