Get Mystery Box with random crypto!

8 nafar mahkum shartli ravishda ozod etildi Jinoyat ishlari | Navoiy kanal

8 nafar mahkum shartli ravishda ozod etildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudi raisi Sh.Mamirov tomonidan jazo muddatini oʻtayotgan 30 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qoʻllandi.

Jumladan, jazo muddatini oʻtayotgan 8 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi. 11 nafar mahkumning ozodlikdan mahrum qilish jazosi esa yengilroq jazoga almashtirildi.

Oldinroq jinoyat ishlari boʻyicha Qiziltepa tuman sudi tomonidan ham tuman IIB Probatsiya boʻlimi taqdimnomasiga asosan 8 nafar mahkum belgilangan jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgandi.

@NAVOIY Kanali