Get Mystery Box with random crypto!

78 347 ta ballonga maxsus stiker o‘rnatildi Navoiy viloyatida | Navoiy kanal

78 347 ta ballonga maxsus stiker o‘rnatildi

Navoiy viloyatida suyultirilgan gaz ballonlariga maxsus stikerlar o‘rnatilayotgani haqida xabar bergandik.

«Hududgaz Navoiy» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda bu boradagi ishlar 90 foizga bajarilgan. Ya’ni bugungacha 78 347 ta maishiy gaz ballonga stiker o‘rnatib bo‘lingan.

Hozirda Xatirchi va Uchquduq tumanlarida mazkur jarayon yakuniga yetkazilgan. Stiker o‘rnatish ishlari qolgan hududlarda ham to‘liq yakunlangach, iste’molchilar ID-kartalar bilan ta’minlanadi va mazkur jarayonlar «Ye-gaz» onlayn tizimiga ulanadi.

@NAVOIY Kanali