Get Mystery Box with random crypto!

​​Navoiyda avtohalokat oqibatida 3 kishi vafot etdi Nurota tu | Navoiy kanal

​​Navoiyda avtohalokat oqibatida 3 kishi vafot etdi

Nurota tumani Poyga qishlogʻida “Cobalt” avtomobili yoʻldan chiqib ketishi oqibatida unda boʻlgan 4 nafar fuqarodan 3 nafari vafot etgan.

SSV matbuot xizmati xabariga koʻra, voqea kecha, 28-yanvar kuni soat 22:30 larda yuz bergan.

Omon qolgan, 1995-yilda tugʻilgan F.M. ogʻir tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga keltirilgan.

Xabarda aytilishicha, bemorning ahvoli ogʻir boʻlib, tegishli tibbiy standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

@NAVOIY Kanali