Get Mystery Box with random crypto!

​​IIB xodimiga pora bermoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olindi Ka | Navoiy kanal

​​IIB xodimiga pora bermoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olindi

Karmana tumani Argʻun mahallasida yashovchi, 1969-yilda tugʻilgan Sh.R. 2018-yil 13-fevral kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga 4 yil 10 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi.

Ammo Sh.R. jazoni oʻtashdan boʻyin tovlaganligi sababli 2020-yil 31-dekabr kuni Jinoyat kodeksining 74-moddasi tartibida 2 yil 12 kun ozodlikdan mahrum etish jazosi va ushbu muddat davlat foydasiga oylik ish haqidan 20 foiz ushlab qolish sharti bilan axloq tuzatish ishlariga almashtirilgan.

19-yanvar kuni Sh.R. Karmana tumani IIO Probatsiya guruhi katta inspektori Bekzod Qoʻldoshevning xizmat xonasiga kelib, suhbat jarayonida oʻziga nisbatan tayinlangan jazoni oʻtashda yengillik yaratib berish evaziga pora tariqasida 2 mln soʻm taklif qiladi.

Shu kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida Sh.R. 890 ming soʻm pulni Bekzod Qoʻldoshevga berayotganda ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.