Get Mystery Box with random crypto!

#E'LON 30- noyabrdan 2- dekabrgacha Toshkentda 'Ipak yo'lid | Navoi.travel | Navoiy viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi rasmiy kanali

#E'LON

30- noyabrdan 2- dekabrgacha Toshkentda "Ipak yo'lida turizm" 2022 Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi (TXTY) bo'lib o'tadi.

Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish, ishbilarmonlik aloqalari va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beruvchi axborot maydonchasidir. TXTY 1995-yildan beri BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda. Ko‘rgazma har yili sayyohlik sohasining yuzlab mutaxassislarini jamlab, ushbu sohani xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun sharoit yaratib kelmoqda.

TXTY 2022 doirasida:

●konferensiyalar
●B2B uchrashuvlari
● davra suhbatlari
● sayyohlik xizmatlari
●hunarmandchilik ko‘rgazmalari
●O‘zbekistonning turizm salohiyatiga ega hududlarining taqdimotlari
●milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladigan gastro-bazar tashkil etiladi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Web sayt |Telegram|Facebook|Instagram