Get Mystery Box with random crypto!

Kuni kecha 2022-yil 26-iyul sanasida mahalla yoshlari oʻrtasid | Navoi region Football Association

Kuni kecha 2022-yil 26-iyul sanasida mahalla yoshlari oʻrtasida "Charm toʻp" anʼanaviy futbol musobaqasining viloyat bosqichi Navoiy shahridagi viloyat futbol akademiyasi oʻquv-mashgʻulot bazasi hisoblanmish "Kimyogar" hamda Karmana tumanidagi "Yoshlik" oʻyingohlarida boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqa viloyatimizdagi barcha tuman va shaharlar jamoalari ishtirok etishib, bahslar qizgʻin va murosasiz tarzda kechdi.

Yakunda bu yilgi mavsum "Charm toʻp" anʼanaviy futbol musobaqasining viloyat bosqichida faxrli 1-oʻrinni Navbahor tumani jamoasi, 2-oʻrinni Karmana tumani jamoasi hamda 3-oʻrinni Gʻozgʻon shahar jamoasi vakillari egallashdi.

Musobaqa gʻolib va sovrindorlari.

Navbahor tumani
Karmana tumani
Gʻozgʻon shahar

Soʻng musobaqa tashkilotchilari tomonidan gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi oʻtkazilib, unda jamoalarga medal va diplomlar topshirildi.

Obuna boʻling https://t.me/navoiregionfootballassociation