Get Mystery Box with random crypto!

#Rektor_tabrigi Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar, aziz ta | NavDPI | Rasmiy kanal

#Rektor_tabrigi

Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar, aziz talabalar

Bugun eng aziz va muqaddas bayramimiz – Respublikamiz Mustaqilligining 31 yilligi arafasida Siz azizlarni, Sizlar orqali butun jamoamiz ahlini va ilmga chanqoq talaba-yoshlarimizni “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” ezgulik g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ayyom bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Sizlarga mustahkam sog‘lik, tinchlik-totuvlik, oilaviy farovonlik tilayman.
Davlatimiz ravnaqi, yurtimiz taraqqiyoti, jamiyatimiz farovonligi yo‘lida qilinayotgan xizmatlaringizga bardavomlik tilayman.

Hurmat bilan, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov