Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar turar joyiga kimlar joylashtiriladi? Talabalarni tu | NavDPI | Rasmiy kanal

Talabalar turar joyiga kimlar joylashtiriladi?

Talabalarni turar joylari (yotoqxona)ga joylashtirishda mavjud oʻrinlardan ehtiyoj va talab yuqori boʻlgan holatlarda quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega boʻladi:

Chin yetim talaba-oʻquvchilar (kursidan qatʼiy nazar);
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari;
Nogironligi mavjud talabalar (kursidan qatʼiy nazar);
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, moddiy ahvoli ogʻir talabalar ("Temir daftar", "Yoshlar daftari", "Ayollar daftarida" ro'yxatda turuvchi oila farzandlari, shuningdek, bitta oilada 2 yoki undan ortiq shaxs toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan boʻlsa);
Xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalar.

Kerak boʻladi: fakultet dekani nomiga ariza, pasport nusxasi (1 dona) va yuqoridagi ro’yxat boʻyicha mahalla yoki Davlat xizmatlari markazlaridan dalolatnoma (maʼlumotnoma).

https://t.me/NavDPI_Rasmiy