Get Mystery Box with random crypto!

Esingizda bo'lsa bir necha kun oldin ( Bliss kompaniyasi )-ga | Navdesign | Blog

Esingizda bo'lsa bir necha kun oldin ( Bliss kompaniyasi )-ga o'z taklif dizaynimni bergandim. Ulardan qilgan ishimga o'z fikrlarini bildirishlarini so'ragan edim.

Ular taklifimni ko'rib chiqishdi va ishim uchun rahmat aytishdi va hozirda ularga dizayn qilish shart emasligini va ayni vaqtda kerak emasligini aytib o'tishdi. Tushunishim bo'yicha ular o'z dizaynerlariga qarshi ish qilmaslikni maqul ko'rishdi. Chunki o'z dizaynerlari ham yaxshigina ish qilishar ekan. Men esa aslida qiziqishga taklif berib ko'rdim. Chunki ishimni qanday qabul qilishlariga qiziqdim. Natija esa boshlanishiga yomon emas yaxshi.

Oldin bunday takliflar bermas edim endi qiziqa boshladim. Qiziq tuyildi judayam, bo'sh vaqtim bo'lganida shunday ishlarni qilishni reja qildim. Bu ishdan hech qanday foyda yoki daromat kutmayman shunchaki meni ishimni ko'rib ular qanday fikr bildirishlari qiziq. Bu kabi takliflarni yana ko'plab kompaniyalarga ham berib ko'rmoqchiman.

@nav_design