Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbari | Milliy kutubxona | Rasmiy

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida  Milliy kutubxonaning barcha xodimlari uchun joriy yilning 4 avgustidan 11 sentyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati Xo‘jalik faoliyati boshqarmasining “Semurg‘” sog‘lomlashtirish davlat muassasasida ikki kunlik dam olish kunlarini tashkil etdilar. Xodimlar guruhlarga bo‘lingan holda mazkur oromgohda maroqli xordiq chiqarib, dam oluvchilar uchun yaratilgan barcha sharoitlardan mamnun bo‘lmoqdalar.