Get Mystery Box with random crypto!

Sirdaryo viloyatidagi tuman axborot-kutubxona markazlari faoli | Milliy kutubxona | Rasmiy

Sirdaryo viloyatidagi tuman axborot-kutubxona markazlari faoliyati o'rganildi
2022-yilning 24-25-avgust kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva hududiy axborot-kutubxona markazlari faoliyatini o‘rganish maqsadida xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Xizmat safari davomida Sirdaryo, Mirzobod va Xovos tuman axborot-kutubxona markazlari faoliyatidagi qator muammo va kamchiliklar aniqlandi. Xususan, kutubxonalar o‘z binolariga ega emasligi, ijaraga olingan binolar ham talabga javob bermasligi, moddiy texnik bazasi yo'qligi, xodimlar malakasining yetishmasligi aholining mutolaaga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini qondirolmaydi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar va takliflar bildirilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan kelishilgan holda zarur choralab ko‘rilishi belgilab olindi.