Get Mystery Box with random crypto!

#motivatsiya Garvard universiteti talabalari uchun ruhlantir | Muxlisa Nasimova

#motivatsiya

Garvard universiteti talabalari uchun ruhlantiruvchi so'zlar:

• Agar hozir uxlasang, albatta, orzuingni tushda ko‘rasan. Agar uxlash o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzuingni amalga oshirasan.

•Endi kech bo‘ldi, deb o‘ylay boshlaganingda, aslida, hali erta bo‘ladi.

•Bilim olishning azobi - o‘tkinchi. Ilmsizlik azobi – abadiy...

•O‘z ishini hammadan avval tamomlaydigan, o‘z ishiga chin dildan yondashadigangagina haqiqiy omad kulib boqadi...

•Hammaga ham zafar quchish nasib etmaydi. Ammo muvaffaqiyat o‘zini o‘zi mukammal qilishga intiladigan va qat’iyatli bo‘lganlargagina nasib etadi.

•Bugungi irodasizlik ertangi ko‘z yoshga aylanadi.

•Maoshingning hajmi bilim saviyang darajasiga mutanosibdir.

•Bugun hech qachon qaytarilmaydi.

•Dushmanlaring ham ayni damda kitob bilan band.

•Omad o'z ustida ishlagan, muammolarini o'zi yecha oladiganlargagina kulib boqadi!

@nasimova_muxlisa