Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekKosmos | NASA🌐

Telegram kanalining logotibi nasauz — O'zbekKosmos | NASA🌐 O
Telegram kanalining logotibi nasauz — O'zbekKosmos | NASA🌐
Kanal manzili: @nasauz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 256
Kanalning ta’rifi

Nasa Aerokosmik Tadqiqotlar Markazining O'zbek Tilidagi Kanali.
Koinot Biz Bilan Juda Qiziq.
Biz Bilan A'loqa: @NasaUzBot
Guruhimiz: @NasaUzChat

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-12-03 09:53:35
NASA 11 dekabr kuni 4660 Nereus nomli taxminan 330 metrlik asteroid Yerga yaqinlashishini aydi. Asteroid yerga Oydan uzoqroq masofada yaqinlashadi, bu havfsiz masofa.
Ma'lumot uchun: Yer va Oy o'rtasidagi masofaga Quyosh sistemasidagi barcha sayyoralarni joylashtirish mumkin.


@NasaUz
191 views06:53
Ochish/sharhlash
2021-12-03 08:23:22
#Yer #Osiyo

Xalqaro Fazo Stansiyasidan olingan Osiyo qitasini surati, suratda Pokiston, Afg'oniston, Xitoy va Tojikiston ko'ringan.

@NasaUz
184 views05:23
Ochish/sharhlash
2021-12-03 07:58:31
#Yer #Indoneziya

@NasaUz
177 viewsedited  04:58
Ochish/sharhlash
2021-12-03 07:53:41
Raketalar bog'i

@NasaUz
176 viewsedited  04:53
Ochish/sharhlash
2021-12-03 07:52:03
#SpaceX

SpaceX’ning Starlink sun’iy yo‘ldoshlari tungi osmonda shunday ko‘rinadi

@NasaUz
172 viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash
2021-12-01 11:18:43
Koinot texnologiyalari va sanoati instituti direktori, professor Alan Daffi agar yerga Meteorit tushsa nima qilish kerak ekanini aytdi.

Yerga tahdid soluvchi katta Asteroidlar 1000-2000 yilda bir marta tushishi mumkin, bu juda uzoq muddat, lekin kichik Meteoritlar yerga tez-tez tushib turadi, bulardan biri Chelyabinskka qulagan Meteorit (2013-yil).
Odamlar bu ulkan Meteorit qulayotganda unga qarashgan, bu esa ko'zlar uchun juda zararli, sababi Meteorit yerga qulayotganda juda yorqin bo'ladi va bu ko'z to'r pardasiga jiddiy zarar yetkazadi, Chelyabinskda ham odamlar aynan shu jarohatlarni olishgan.
Professor Meteorit qulayotganda unga qaramaslikni tafsiya etgan.


@NasaUz
185 views08:18
Ochish/sharhlash
2021-11-30 21:43:08
Ilon Maskning fikricha, SpaceX Super Heavy raketasi uchun Raptor dvigatellarini ishlab chiqarishni tezlashtira olmasa, bankrot bo'lishi mumkin.

"Raptor dvigatelining inqirozi bir necha hafta oldingidan ko'ra yomonroq", — dedi Mask kompaniya hodimlariga yo'llagan maktubida.

Starship - SpaceX Oy va Marsga yuk va odamlarni uchirish uchun ishlab chiqayotgan yangi avlod raketasi. Kompaniya prototiplarni Janubiy Texasdagi ob'ektda sinovdan o'tkazmoqda va bir nechta qisqa muddatli sinov parvozlarini amalga oshirdi. Ammo orbital uchirishga o'tish uchun raketaning prototiplariga 39 tagacha Raptor dvigatellari kerak bo'ladi, bu esa ishlab chiqarish hajmini keskin oshirishni talab qiladi.


@NasaUz
192 views18:43
Ochish/sharhlash
2021-02-04 14:50:58 SpaceX’ning Starship kemasi prototipi sinovlar chog‘ida portlab ketdi

SpaceX kompaniyasi tomonidan Oy va Marsga parvoz qilish uchun ishlab chiqilgan Starship kosmik kemasi prototipi AQShning Texas shtatida o‘tkazilgan sinovlar chog‘ida, qo‘nish vaqtida portlab ketdi.

Seriya raqami 9 (SN9) bo‘lgan raketa muvaffaqiyatli tarzda uchirildi. Maqsad 10 kilometrgacha balandlikka ko‘tarilishdan iborat edi. Ammo qo‘nish vaqtida raketa yerga urilib, portlab ketdi.

SpaceX’ning integratsiya bo‘yicha bosh muhandisi Jon Inspruker onlayn-translyatsiya chog‘ida “uning ajoyib parvoz bo‘lgani, shunchaki qo‘nish ustida biroz ishlash kerak”ligini ta’kidladi.

Starship’ning 2020-yil dekabridagi bundan avvalgi parvozi ham muvaffaqiyatsiz yakunlangan, kemaning SN8 prototipi Texasda muvaffaqiyatli startdan keyin qo‘nish chog‘ida portlab ketgan edi.

O‘shanda SpaceX’dagilar avariyaga qo‘nish chog‘ida yoqilg‘i bakidagi past bosim sabab bo‘lganini aytgandi. Kompaniya asoschisi Ilon Mask, shunga qaramay, sinovlarni muvaffaqiyatli deb atadi.

Starship kosmik kemasi va o‘ta og‘ir raketasi Yerga yaqin orbita, Oy va Marsga ekipaj va yuklarni olib chiqishga mo‘ljallangan. Starship Yerga yaqin orbitaga 100 tonnadan ortiq yukni yetkazishga qodir bo‘lgan tarixdagi eng kuchli tashuvchi raketa bo‘lishi kutilmoqda.


Video:



@NasaUz
371 views11:50
Ochish/sharhlash
2021-02-01 16:49:29 ​​Илон Маск миясига чип ўрнатилган маймун видеоўйинлар ўйнаётганини маълум қилди

Тадбиркорнинг сўзларига кўра, чип маймунга ҳеч қандай озор бермайдиган тарзда тери ичига ўрнатилган. Таъкидланишича, маймун видеоўйинлар ўйнай олади.

SpaceX ва Tesla компаниялари асосчиси Илон Маск маймун миясига чип ўрнатилганини маълум қилди. Бу ҳақда Bloomberg ёзмоқда.

Маск ўзининг Neuralink компанияси ўтказган муваффақиятли тажриба ҳақида маълум қилган. Унинг айтишича, компанияда миясига имплант ўрнатилган маймун пайдо бўлган.

«У мияси ёрдамида видеоўйинлар ўйнай олади», — дея аниқлик киритган Маск.

Тадбиркорнинг сўзларига кўра, чип маймунга ҳеч қандай озор бермайдиган тарзда тери ичига ўрнатилган.

У яқин ойларда миясига чип ўрнатилган маймунлар тасвирланган видеолавҳаларни тақдим этишга ваъда берган.

Маск ўтган йил августида Neuralink компанияси мутахассислари чўчқалар миясига чип ўрнатишганини маълум қилганди. Олимлар чип ёрдамида симсиз алоқа орқали чўчқа миясидаги сезги марказларининг фаоллигини кузатишган.


@NasaUz
441 views13:49
Ochish/sharhlash
2021-01-31 07:48:53 ​​AQShda SpaceX’ga nisbatan tergov boshlandi

AQShning Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) tadbirkor Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga nisbatan fazoviy kemalar parvoziga litsenziya shartlarini buzgani uchun tergov boshladi. Tergovga 2020 yil dekabrda Starship kemasining portlashi bilan yakunlangan parvozi asos bo‘ldi.

The Verge nashrining xabar berishicha, FAA olib borayotgan tergov nafaqat Starship’ning qo‘nish vaqtida portlashi, balki kompaniyaning fazoviy parvozlar shartlariga amal qilishdan bosh tortayotganini ham qamrab oladi.

“Biz tijorat sohasidagi innovatsiyalarni jonlantirish bo‘yicha harakatlarning muhimligini tan olsak-da, FAA jamoatchilik xavfsizligini himoya qilishda o‘z javobgarligidan og‘ishmaydi”, deb aytgan boshqarma vakili Stiv Kulm.

Shu bilan birga, u SpaceX aynan qanday qoidabuzarliklar sodir etganini ma'lum qilmagan.

Starship’ning navbatdagi sinovi 28 yanvarda o‘tkazilishi kerak edi, biroq FAA bu parvozga ruxsat bermagan. Kompaniya rahbari Ilon Mask buni og‘riqli qabul qilgan.

“Ularning qoidalari yiliga bir nechta davlat obektidan ortga qaytarilmaydigan parvozlarga mo‘ljallangan. Bu qoidalarga amal qilinadigan bo‘lsa, insoniyat hech qachon Marsga yeta olmaydi”, deb yozgan milliarder Twitter’da.

Ayni vaqtda Starship kemasi ishlab chiqilish bosqichida bo‘lib, u odamlar va yuklarni “Yer orbitasi, Oy, Mars va undan ham uzoqroqqa” yetkazishga mo‘ljallangan.


@NasaUz
382 views04:48
Ochish/sharhlash