Get Mystery Box with random crypto!

​​SpaceX rekord sonda sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarishi | O'zbekKosmos | NASA🌐

​​SpaceX rekord sonda sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarishi kutilmoqda

SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasi parvozini 23 yanvardan 24 yanvarga ko‘chirdi. Parvoz vaqtida orbitaga rekord sonda – birvarakayiga 143 ta, jumladan 133ta tijoriy va hukumat hamda Starlink internet tarmog‘ining 10ta sun'iy yo‘ldoshini chiqarish kutilmoqda.

Parvoz Floridadagi kosmodromdan AQShning Sharqiy sohili vaqti bo‘yicha soat 10da (Toshkent vaqti bilan soat 20da) amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bu Starlink loyihasi doirasida 2019 yil may oyidan boshlab 17-marta orbitaga sun'iy yo‘ldoshlar chiqarilishi bo‘ladi. Hozirda loyihaning orbitadagi sun'iy yo‘ldoshlari soni 1013taga yetgan. Navbatdagi sun'iy yo‘ldoshlar qutb orbitasiga chiqariladi. 20 yanvarda ham Falcon 9 raketasi Starlink’ning 60ta sun'iy yo‘ldoshini yerga yaqin orbitaga chiqargandi.

SpaceX sayyoramizning istalgan burchagidan internetga ulanish imkonini beruvchi tarmoqni yaratish uchun kelgusida orbitadagi sun'iy yo‘ldoshlari sonini 12 mingtagacha ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.


P.S: Parvozni bizni kanalda kuzatib boring, to'liq yoritib borishga harakat qilamiz.

@NasaUz