Get Mystery Box with random crypto!

​​NASA Marsga robot-itni yuborishni rejalashtirmoqda NASA’da | O'zbekKosmos | NASA🌐

​​NASA Marsga robot-itni yuborishni rejalashtirmoqda

NASA’da Boston Dynamics tomon yaratilgan Spot robotining modifikatsiyaga uchragan versiyasi — sun’iy intellektga ega to‘rt oyoqli Au-Spot roboti taqdim etildi. Olimlar to‘rt oyoqli robot “Qizil sayyora”da avtonom harakatlana olishi uchun uni sun’iy intellekt va sensor qurilmalar jamlanmasi bilan jihozlaydi.

Taxminlarga ko‘ra, robot-itlar Spirit, Opportunity, Curiosity va Perseverance marsoxodlaridan ko‘ra, manyovrlarni yaxshiroq bajara oladi.

Yangi robotlarning manyovrchanligi va barqarorligi datchiklar bilan birlashtirilgan bo‘lib, bu ularga turli to‘siqlardan qochish, bir nechta yo‘ldan birini tanlash, uy bazasida operatorlar uchun chuqur tunnel hamda g‘orlarning virtual xaritasini qurishga yordam berish imkonini taqdim etadi.

An’anaviy marsoxodlar, asosan, silliq yuzalar bilan kifoyalanadi, biroq ko‘plab ilmiy farazlarga ko‘ra, Marsning qiziqarli tomonlari turli past-balandlik yoki yer ostida joylashgan. Robot-itlar bu kabi vazifalarga mos keladi — ular yiqilib tushgan taqdirda ham qayta oyoqqa turib olishga qodir.

“Mars-iti” zamonaviy marsoxodlardan, taxminan, 12 barobar yengil bo‘ladi va tezroq harakatlana oladi — soatiga 5 kilometr. Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, Curiosity marsoxodi Mars yuzasida soatiga 0,14 kilometr tezlikda harakatlanadi.

Au-Spot atrofdagi barcha narsalarni ko‘plab datchiklar yordamida skaner qiladi. Ma’lumotlar bort kompyuteri yordamida qayta ishlanadi va “Mars-iti”ga atrofdagi buyumlarni 3D holatda taqdim etadi.


@NasaUz