Get Mystery Box with random crypto!

“Nasaf” ning birinchi davradagi statistikasi: Qarshiliklar bi | NASAF MUXLISLARI

“Nasaf” ning birinchi davradagi statistikasi:

Qarshiliklar birinchi davrani 4 oʻrinda yakunladi. Vakillarimiz birinchi davradagi 13 bellashuvdan 12 tasini oʻtkazdi. Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan bellashuv esa 15-avgustda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. 

“Ajdarlar” birinchi davrada 12 bellashuvda maydonga tushib, 7 uchrashuvda gʻalaba, 3 marta durang va 2 marta magʻlubiyatga uchrashdi. Toʻplar nisbati 18-12 ni tashkil etmoqda. Vakillarimiz 24 ochko jamlagan holda turnir jadvalida 4 oʻrinni egallab turishibdi. 

Husniddin Aliqulov himoyachi boʻlishiga qaramasdan jamoamizning birinchi davradagi toʻp urari boʻlib turibdi. Uning hisobida 5 gol bor. Undan keyin Azizbek Amonov 2 ta, Mateus Lima Kruz 2ta, Alibek Davronov 2ta, Zafarmurod Abdirahmatov 1 ta, Gʻolib Gʻaybullayev 1 ta, Akmal Mozgovoy 1 ta, Javohir Sidiqov 1 ta, Sherzod Nasrullayev 1 ta va Oybek Bozorovning hisobda ham 1 gol bor. “Surxon”ga qarshi bellashuvda Artyom Potapov avtogol muallifiga aylangan. 

Boʻlib oʻtgan 12 bellashuvda Husniddin Aliqulov maydonda 1080 daqiqa harakat qilgan. Undan keyingi oʻrinlarda Sherzod Nasrullayev 1071 daqiqa, Oybek Bozorov 1049 daqiqa, Abduvohid Neʼmatov 990 daqiqa, Gʻolib Gʻaybullayev 973 daqiqa, Akmal Mozgovoy 967 daqiqa, Umarbek Eshmurodov 900 daqiqa harakat qilgan. 

Futbolchilarimiz birinchi davrada hakamlar tomonidan 20 ta sariq kartochka va 3 qizil kartochka bilan jazolanishgan.

Eslatib oʻtamiz, jamoamiz 9-iyul kuni Qarshidagi qarorgohlarida yigʻilib, ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettiradi.


"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati