Get Mystery Box with random crypto!

“Nasaf” va “Kelme” sport brendi oʻrtasida memorandum imzolandi | NASAF MUXLISLARI

“Nasaf” va “Kelme” sport brendi oʻrtasida memorandum imzolandi

7-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida qarori imzolangan edi. Qarorda futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish masalalari ham oʻrin olgan. 

Hozirda Prezident qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida “Kelme” sport brendining taklifiga binoan “Nasaf” futbol klubining xalqaro aloqalar va tijorat boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari Qobiljon Shodmonov hozirda Xitoy davlatida boʻlib turibdi. 

“Nasaf” futbol klubi 2023-yildan boshlab Ispaniyaning “Kelme” sport brendi mahsulotlaridan foydalanishni boshlaganidan xabaringiz bor.