Get Mystery Box with random crypto!

Prevyu. 10-tur. “Metallurg” — “Nasaf” “Ajdarlar” Super | NASAF MUXLISLARI

Prevyu. 10-tur. “Metallurg” — “Nasaf”

“Ajdarlar” Superliganing 10-turda Bekobodga safar qilishadi. "Metallurg" bilan bo'lib o'tishi belgilangan uchrashuv 15-may kuni soat : boshlanadi. Ushbu juftlik 10-turni yakunlab berishadi.

"Metallurg" jamoasi bilan oʻzaro uchrashuvlardagi faktlar:

Jamoalar Oʻzbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 50 bor kuch sinashishgan. Boʻlib oʻtgan 31 uchrashuvda “ajdarlar”, 12 oʻyinda esa bekobodliklar zafar quchishgan. 7 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

Toʻplar nisbati 82:39 ga teng. Ustunlik vakillarimiz tarafida.

Oʻzaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf“ – “Metallurg” 7:0, “Metallurg” – “Nasaf” 3:0.

Jamoalar soʻnggi oʻzaro uchrashuvni 2022 yili 12-avgust kuni Bekobodda oʻtkazishgan. Bu uchrashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Uchrashuvdagi jamoamiz gollariga Oybek Bozorov va Husayn Norchayevlar mualliflik qilishgan.

Обуна бўлинг
t.me/+UZorFmSTkwkFnXJD