Get Mystery Box with random crypto!

Chet elga sayohat yoʻllanmasini qoʻlga kiriting Shoshiling, a | NASAF MUXLISLARI

Chet elga sayohat yoʻllanmasini qoʻlga kiriting

Shoshiling, aksiya yakunlanishiga bor yo’g’i ikki kun qoldi!

“Nasaf” futbol klubi "Ramazon" aksiyasini eʼlon qiladi. Abonement xarid qiling va omadli chipta sohibiga aylaning. Oʻzingizga maʼlum “Nasaf” jamoasi OCHL -2023 guruh bosqichida ishtirok etadi. Endi siz “Nasaf” jamoasining Superliga va Oʻzbekiston Kubogidagi uy bellashuvlariga kirish imkoniyatini beruvchi abonementlarni xarid qilib, “Nasaf” jamoasining Osiyo Chempionlar Ligasidagi safar oʻyinlaridan biriga borish uchun ajratilgan toʻrt yoʻllanmaning birini qoʻlga kiritishingiz mumkin. Buning uchun siz 22-aprelgacha “Nasaf” futbol klubing marketing boʻlimiga murojaat qilib, quyida keltirilgan sektorlardan mavsumiy abonementlaridan birini xarid qilishingiz kerak boʻladi.

Joriy aksiyada 3, 4, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15-sektorlar ishtirok etadi. Abonementlarning narxi 250 000 soʻm etib belgilangan.

Gʻoliblar 24-aprel kuni “Nasaf” — “Olimpik” uchrashuvining birinchi boʻlimidan soʻng tasodifiy raqam generatsiyasi usuli orqali aniqlanadi va gʻoliblarning sektori raqami va oʻrindiq raqamlari orqali eʼlon qilinadi.

Aksiyada ishtirok etish shartlari bilan “Nasaf” futbol klubing rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA kabi davlatlarga “Nasaf” jamoasi bilan birga borish imkoniyatini qoʻldan chiqarmang.


Murojaat uchun telefonlar: +998 98 777 73 71; +998 91 217 89 87

e-mail: fcnasaf@info.uz