Get Mystery Box with random crypto!

“Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvini Karimov boshqarib borad | NASAF MUXLISLARI

“Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvini Karimov boshqarib boradi

Oʻzbekiston futbol hakamlar markazi Superliganing 6-tur rasmiylarini eʼlon qildi. “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvini Rahimbek Karimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradigan boʻldi. Unga qanotlarda Aleksandr Sidorov va Baxtiyorxoʻja Shavkatov yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Xushnud Suyunboyev ishlaydi.

Bellashuvda VAR tizimidan foydalaniladi. VAR hakami sifatida Akobirxoʻja Shukurullayev ishlaydi. Unga Rustam Togʻayev assistentlik qiladi. Hakamlar ishini Dmitriy Roman nazorat qiladi. Uchrashuv komissari etib Shohruh Said tayinlangan.

Kanalga a’zo bo‘lish
t.me/joinchat/Vqd-HVvEnSft3oMl