Get Mystery Box with random crypto!

Berdiyev jazolanadimi? O‘yin tugashi bilan 'Nasaf' futbolchil | NASAF MUXLISLARI

Berdiyev jazolanadimi?

O‘yin tugashi bilan "Nasaf" futbolchilari hakamni o‘rab olishdi. Bu yerda juda ham jiddiy vaziyat yuzaga keldi. Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuvni boshqargan Ahrol Risqullayevni haqorat qilish bilan birga, uning qorin qismiga zarba ham yo‘lladi.

Bu epizod tasviri tartib intizom qo‘mitasiga yuborilar ekan. Kodeksga ko‘ra, "Nasaf" ustoziga nisbatan quyidagi jazolardan biri qo‘llaniladi:

a) ogohlantirish;
b) diskvalifikasiya yoki O‘zbekiston Chempionati, Birinchiligi, O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlarini o‘tkazish bilan bog‘liq rasmiy vazifalarni bajarishdan nomuayyan muddatga chetlatish;
v) 500 000 000 so‘m miqdorgacha pul jarimasi;
g) murabbiy lisenziyasini bekor qilish;
d) futbol bilan bog‘liq barcha faoliyat turlaridan nomuayyan muddatga chetlatish.

Vaziyat jiddiyligini anglashingiz uchun keltiraman. Shavkat Saidov "Mash’al" murabbiyi Aleksandr Xomyakovga nisbatan kuch ishlatganidan keyin 1 yil muddatga futboldan chetlatilgan edi.

Faxriddin Ro'ziyev (CA)