Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.10K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2024-01-12 15:36:16
Dunyodagi eng boy 1 foiz aholiga qo‘shilish uchun qancha pul kerak?

Dunyo bo‘ylab atiga 1 foiz eng badavlat odamlar qatoriga qo‘shilish uchun sizda qancha mablag‘ bo‘lishi kerak?

Agar Monakoda eng boy 1 foiz odamlarga qo‘shilishni istasangiz, sizga sakkiz raqamli boylik kerak bo‘ladi — $12,4 mln.

2023-yildagi boylik hisobotining bir qismi sifatida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Shveysariya va Avstraliyada 1 foizgacha bo‘lgan eng badavlat odamlar sirasiga kirish uchun mos ravishda $6,6 million va $5,5 million talab qilinadi. AQSHda $5,1 million bilan siz bu qatorga kirishingiz mumkin.

Ko‘rsatkichlar pandemiya va turmush narxining oshib borishi boy va kambag‘al davlatlar o‘rtasidagi tafovutni qanday oshirayotganini ta’kidlaydi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.6K views12:36
Ochish/sharhlash
2024-01-11 08:25:30
Toshkentdagi IT kurslarining narxi qancha?

Ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-mart oylari bo‘yicha axborot va aloqa sohasida faoliyat olib boradiganlarning oylik ish haqi 9,3 mln so‘mni tashkil etdi.

— “Najot Ta’lim” 4-11 oygacha oylik narx 2,5 mln so'm;
— “BePro IT Academy” 1 mln so'mdan 2 mln so'mgacha (1−7 oy);
— “SOS IT Academy” 700−900 ming so'm (4−9 oy);
— “PROWEB” 1,4 mln-2,6 mln so'm (Individual kurs narxi) (2−10 oy);
— “Astrum IT Academy” 1 oy sinov muddatida 1,5 mln so'm keyin 18 mln so'm (12 oy);
— “Ilmhub” 790 mingdan 2,2 mln so'mgacha (4−9 oy)
— “Codecraft” 650 ming so'm (2−7 oy);
— “JuniorCode” 540 ming so'm va undan yuqori (1−10 oy);
— “Bobir Akilkhanov Tech Academy” 2,3−2,5 mln so'm (3−9 oy);
— “PDP Academy” 590 ming 1,4 mln so'm (2,5−11,5 oy);
— “UAcademy” 1 mlndan 7mln so'mgacha (1−3 oy);

Bugungi kunda mamlakatda soha mutaxassislariga talab yuqori. Talab ketidan esa taklif ham ortib bormoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.4K views05:25
Ochish/sharhlash
2024-01-11 07:15:18
Haj safari narxlari qancha?

— Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Haj safari narxi 68 760 000 soʻm boʻlganligini 2023-yil boshida e’lon qilgan.

— Xususiy (qoʻshma, sherikchilik kabi) sayohat kompaniyalari tomonidan tashkil etilayotgan Umra safarlari narxi esa oʻrtacha $900 dan $1 350 gacha, ba’zida minimum $650, maksimum $2 500 gacha boʻlmoqda. Ba’zilar firmalar 130 000 dan 450 000 (900 000) soʻmgacha xizmat haqi ham olmoqda.

— Mustaqil sayohatchi sifatida tashrif buyurish uchun esa $250 dan $700 gacha bilet uchun, oʻrtacha $500 atrofida qoʻshimcha xarajatlar uchun ajratish kerak. Umumiy hisobda siz $750 dan $1 200 gacha pul bilan Umra safariga bora olasiz!

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.8K views04:15
Ochish/sharhlash
2024-01-10 18:26:21
Ronaldu, Messi va yana bir qancha mashhurlarga unikal soatlar sovg'a qilish orqali tanilgan O‘zbekistonlik tadbirkor Jacob Arabo aslida kim o'zi ?

Jacob & Co brendining egasi, Yoqub Arabov Ronalduga 130 ming dollarlik soat sovg‘a qildi. Aksessuar Saudiya Arabistonidagi Jacob & Co do‘konining ochilishida futbolchiga sovg‘a qilingan. Unda sportchining o‘zi mujjasam qilingan. Aksessuar 26 ta oq olmos bilan bezatilgan. Ronaldu tadbirkor unikal sovg'a olgan yagona sportchi emas. Qizig'i, kompaniya asoschisi oʻzbekistonlik Jeykob Arabodir. U 1965-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Bolalikdayoq soat taʼmirlashga qiziqan Yoqub oʻsmirlik paytida soatsozga shogird boʻlib tushgan. 1979-yil oilasi bilan Nyu-York shahriga koʻchadi va dunyoga mahshur zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi tadbirkor qoʻlida ishlaydi. Vaqt oʻtib Yoqub Manxettendagi kichik taqinchoq fabrikasini 8 ming dollar evaziga sotib oladi. 1986-yilda esa Yoqub shahsiy “Jacob & Co” brendiga asos soladi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
12.9K views15:26
Ochish/sharhlash
2024-01-07 19:47:55
Marketologlarning daromadi qancha?

Marketolog kompaniyaning "yuragi" desak mubolag'a bo'lmaydi, sabab ular kompaniyaning daromadini oshirish bilan shug'ullanadi. Har qanday kompaniya uchun yaxshi sotuvchi sotishni ko'paytirish va "yorqin kelajak"ning kalitidir.

Ushbu soxaning yaxshi mutaxassisi yurtimizda $2000 gacha topishi mumkin. O'rtacha mutaxassislar $700 atrofida maosh olishadi.

Germaniyada ushbu kasb egalari yiliga €34500 bo'lsa AQSH da yaxshi mutaxassis $100 000 atrofida topishi mumkin ekan.

Ushbu kasb egalariga doimo talab yuqori bo'lib qolmoqda. Internetdagi hh.uz saytidagi vakansiyalarda ham ushbu kasb egalariga 15 mln so'mgacha maosh taklif qilishmoqda.

- Siz qaysi soha mutaxassislarining daromadi haqida bilmoqchisiz izohlarda qoldiring!

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.2K viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash
2024-01-07 19:16:06
Sun’iy intellekt yordamida daromad qilish uchun ayni zo’r payt!

2024-yilda asosiy trend AI (sun’iy intellekt) yo’nalishi hisoblanadi. Kelajak sohasini o’rganib, o’zingizga qulay sharoitda ishlang va bilimlaringizni daromadga aylantiring. @temuriylarlibrarybot kutubxonasida ushbu sohaga oid kitoblar mavjud.

Sun’iy intellektga oid kitoblarni o’rganishni boshlaganlarga esa kutubxona qimmatbaho sovg’alar va pul yutuqlarini ham berib bormoqda.

Hoziroq kirib ko’ring @temuriylarlibrarybot
246.1K views16:16
Ochish/sharhlash
2024-01-03 21:37:45
Kiber jinoyat olami haqida gaplashamiz

— Dunyo boʻylab hisoblab chiqilgan kiberjinoyat zarar miqdori $714 mlrd miqdorga teng va bir inson uchun oʻrtacha $8 069 ni tashkil etadi.

Kiberjinoyatchilik orqali eng koʻp zarar koʻrgan davlat reytingi haqida maʼlumot:

• AQSH – 42,9 mlrd
• Buyuk Britaniya – $40,1 mlrd
• Rossiya – $28,1 mlrd
• Xitoy – $25 mlrd
• Ispaniya – $20,2 mlrd

— Kiber jinoyat olamidagi qiziqarli faktlar:

2023-yilda 33 milliard hisob buzildi, bu kuniga 2328 kishini, soatiga 97 ta kiberjinoyat qurbonini aylantiradi. Jami 8 00 000 kiberhujum qayd etilgan va o'rtacha har 39 soniyada xakerlar hujumi sodir bo'ladi.

Kelgusi besh yil ichida kiberjinoyatchilik xarajatlari 15 foizga oshib, 2025 yilga kelib 10,5 trillionga yetishi kutilmoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.9K views18:37
Ochish/sharhlash
2024-01-03 15:11:00
“Tesla” avtomobillari narxi qancha?

1. Model 3: $42 990. Maksimal tezlik – 225 km/soat, yurish masofasi – 437,8 km.

2. Model 3 Long Range: $55 990. Maksimal tezlik – 233 km/soat, yurish masofasi – 576,2 km. (Hozir sotuvda mavjud emas)

3. Model 3 Performance: $53 990. Maksimal tezlik – 260 km/soat, yurish masofasi – 507,9 km.

4. Model S: $94 990. Maksimal tezlik – 240 km/soat, yurish masofasi – 651,8 km.

5. Model S Plaid: $114 990. Maksimal tezlik – 322 km/soat, yurish masofasi – 637 km.

6. Model X: $109 990. Maksimal tezlik – 240 km/soat, yurish masofasi – 564,9 km.

7. Model X Plaid: $119 990. Maksimal tezlik – 240 km/soat, yurish masofasi – 536 km.

8. Model Y Long Range: $54 990.
Maksimal tezlik – 217 km/soat, yurish masofasi – 531 km.

9. Model Performance: $58 990.
Maksimal tezlik – 249 km/soat, yurish masofasi – 487,7 km.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
15.9K views12:11
Ochish/sharhlash
2024-01-02 17:35:47
“Uyda yolgʻiz” filmlari byudjeti va daromadi miqdori qancha?

— Uyda yolgʻiz filmlari byudjeti (Ishlab chiqarilgan yil yakuni boʻyicha)
• 1-qism: $18 mln (1990)
• 2-qism: $28 mln (1992)
• 3-qism: $32 mln (1997)
• 4-qism: $5 mln (2002)
• 5-qism: $11 mln (2012)

— Uyda yolgʻiz filmlari daromadi:
• 1-qism: $476,7 mln
• 2-qism: $359 mln
• 3-qism: $79,1 mln
• 4-qism: Ma’lumot yoʻq
• 5-qism: Ma’lumot yoʻq

— Inflatsiya bilan hisoblaganda “Uyda yolgʻiz” filmlarini 2023-yilda suratga olish uchun qancha sarflangan boʻlar edi?
• 1-qism: $42 376 898,33
• 2-qism: $61 382 207,09
• 3-qism: $61 323 030,68
• 4-qism: $8 550 528,2
• 5-qism: $14 737 576,05

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.0K views14:35
Ochish/sharhlash
2024-01-01 18:04:50 2023-yil sizga qanchaga tushdi?

2023-yilda qancha pulingiz, sog'lig'ingiz va eng asosiysi vaqtingizni keraksiz narsalarga sarf qildingiz?
Va ularning qanchasini o'zingizga va jamiyatga foyda keltiradigan ishlarga sarfladingiz? Agarda yuqoridagi ne'matlarni ko'proq foydaga sarf etgan bo'lsangiz, Siz katta ehtimol bilan yuksalishda davom etyapsiz!

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh qadrli obunachilarimiz!

Sizlar bilan birgalikda yangi 2024-yilni ham boshlab oldik!

Albatta har bir shaxsning yangi yil uchun oldiga qo'ygan maqsad va vazifalari mavjud (agarda qo'yilmagan bo'lsa buni tezroq amalga oshiring). Asosiysi, maqsad aniq, o'lchamli va vaqt bilan chegaralangan bo'lishi kerak. Shu jumladan biz ushbu yilda barchangizning kasb, ish va o'qishlaringizga ulkan muvaffaqqiyatlar va zafarlar tilaymiz.
Biz Sizlarga doimgidek qiziqarli va manfaatli ma'lumotlarni ulashishda davom etamiz.

Yaqin orada Sizlar uchun yanada manfaatli bo'ladigan yangi loyilarimizni boshlamoqdamiz va Sizlarga tez orada boʻlishamiz. Bizdan uzoqlashmang, katta marralarni birga zabt etamiz!

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
14.6K viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash