Get Mystery Box with random crypto!

Banklar 2023-yilda qancha foyda ko‘rdi? 2023-yil davomida 35 | Narxi Qancha? ⚡️

Banklar 2023-yilda qancha foyda ko‘rdi?

2023-yil davomida 35 ta O‘zbekiston banklari umumiy 12,4 trln so‘m sof foyda oldi (2022-yilda 10 trln so‘m edi). Buni operativ ma’lumotlar ko‘rsatmoqda.

Shunday qilib, 2022-yilga nisbatan 10 ta eng ko‘p foyda olgan banklar ro‘yxati deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa ham, birinchi o‘rindagi “Milliy bank” va ikkinchi o‘rindagi “Kapitalbank” orasi sezilarli qisqardi. “Kapitalbank” 2022-yilga nisbatan 550 mlrd so‘m ko‘proq foyda olgan bo‘lsa, “Milliy bank” foydasi 693 mlrd so‘mga kamaygan.

Yilni zarar bilan yakunlagan banklar orasida 2023-yilda ochilgan “Yangi bank”, “Hayot bank” va “Apeks bank” bor. 9 oylik ma’lumotlar bo‘yicha “Avo bank” ham katta zarar ko‘rgan.

Foyda bo‘yicha 2022-yilga nisbatan eng katta o‘sishni “Xalq banki” ko‘rsatdi. Avvalgi yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan TBC Bank esa 40 mlrd so‘mlik foydaga chiqa oldi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!