Get Mystery Box with random crypto!

RustamBank: O'zbekistondagi birinchi xususiy bank egasi haqida | Narxi Qancha? ⚡️

RustamBank: O'zbekistondagi birinchi xususiy bank egasi haqida

Qahramonimizning hayoti haqida qisqacha:

Rustam Usmonov — 1992-yili O'zbekistonda birinchi xususiy bankni ochgan, hozirda 72 yoshdagi tadbirkor. U 1998-yili valyuta bilan noqonuniy shug'ullanish bo'yicha ayblanib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, so'ngra uning jazosi yana 5 yilga uzaytirilgan.

Xususiy bank barpo etishdan oldin, u asalarichilik va chuvalchang yetishtirish biznesi orqali allaqachon dollarda millionerga aylanib bo'lgan edi. O'zbekistonda birinchi xususiy bank — "RustamBank", faoliyati oldidan $1,2 mln kapital bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Rustam Usmonovning aytishicha, u qamalishidan oldin Nigeriya bankiga $30 mln pul qo'ygan. Hozirda esa uning taxminan $70-$80 mln puli chetda yotibdi.

@NarxiQancha | Batafsil | Video suhbat